Sunday, January 27, 2019

Yil sarhisobi: "Yoshlar kafilligi" loyihasi 9 nafar andijonlik yoshga imkon berdi



Hududlarda adashib jinoyat yoʻliga kirgan yoshlar, sodir etgan jinoiy qilmishidan chin koʻngildan pushaymon boʻlib, jamiyatga foydasi tegadigan shaxs bo'lish istagini bildiradi.

2017 yil 5 dekabrdagi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi oʻrtasida “Yoshlar masalalari oʻrtasida oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisida”gi memorandum adashgan yoshlarga yana bir bora imkon bermoqda.

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Andijon viloyat Kengashi va Andijon viloyatidagi sud organlari oʻrtasida 2017 yil 23 dekabrda yoshlar masalalari sohasida oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisida memorandum imzolandi va unga koʻra yoshlar tomonidan sodir etiladigan huquqbuzarlik va jinoyat ishlari boʻyicha sud tomonidan jazo tayinlashda joriy etilgan Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining kafolatiga asosan ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazo turini tayinlash mexanizmiga asosan amaliy ishlar amalga oshirildi.

Ittifoqning Andijon viloyat Kengashiga murojaat etgan 32 nafar yoshlardan 9 nafari Ittifoqining “Yoshlar kafilligi” asosida sud zalidan ozod qilinib, sudlar tomonidan ularga ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazo turi tayinlandi.

Ozod etilgan 9 nafar yoshlarni qayta jinoyat sodir etishining oldini olish, ularni sogʻlom muhitga qaytarish, oʻqish yoki kasb-hunarga yoʻnaltirish borasida aniq va maqsadli bir yillik individual dasturlar ishlab chiqildi. Dastur doirasida “Yoshlar kafilligi” asosida sud zalidan ozod qilingan yoshlar bilan Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi doimiy shugʻullanib boradi.

Ayni damda ularning barchasi ta'lim, tadbirkorlik hamda fermerlik yo'nalishlarida o'z ishining egasiga aylangan.

Avazbek ARABBOYEV 

No comments:

Post a Comment

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining yoshlarga MUROJAATI

Aziz yoshlar! Muqaddas Oʻzbekistonimizning obroʻ-eʼtibori va uning dunyo hamjamiyatida tutgan oʻrni Bizning olayotgan taʼlimimiz, ijtim...

63 nafar yoshning muammosi hal etildi