Wednesday, February 27, 2019

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining yoshlarga MUROJAATI


Aziz yoshlar!

Muqaddas Oʻzbekistonimizning obroʻ-eʼtibori va uning dunyo hamjamiyatida tutgan oʻrni Bizning olayotgan taʼlimimiz, ijtimoiy va iqtisodiy hayotni rivojlantirish boʻyicha koʻtarayotgan tashabbuslarimiz hamda amalga oshirayotgan ishlarimizga bogʻliq.

Ota-onamiz va Yurtboshimizning bizga boʻlgan ishonchi, bizning kelajagimizni oʻylab yaratib berilayotgan imkoniyatlarni oqlashimiz, oʻz oldimizga buyuk maqsadlar qoʻyish va ularga yetishish keyingi avlod uchun oʻrnak boʻlishini unutmaylik.
Bizdagi qatʼiyat va intilishlarni bunyodkorlik, insonparvarlik gʻoyalari bilan sugʻorish, oʻqituvchi va murabbiylarimizning bizga boʻlgan mehri, berayotgan tarbiyasini oqlash, bu yoʻlda bor bilim, kuch va imkoniyatimizni safarbar etishimiz lozim.
Taʼlim muassasamizning ichki tartib va qoidalariga rioya qilish, bu borada milliy qonunchiligimizga boʻysunish, taʼlim muassasasiga oʻquv qurollari va zarur anjomlardan boshqa keraksiz buyumlarni olib kelmasligimiz lozim. Bu nafaqat sinfdosh va kursdoshlarimiz, balkim oʻzimizning ham xavfsizligimiz uchun muhimdir.

Qadrli tengdoshim!

Bizni oʻylantirayotgan va qiynayotgan masalalar, savollar bilan taʼlim muassasamizning Yoshlar yetakchisiga murojaat etishimiz mumkinligini unutmaylik.

Doim yodingizda tuting, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi siz, aziz yoshlarga ishonadi!!!

Tuesday, February 26, 2019

27-fevral Xalqaro oq ayiqlar kuni


Oq ayiqlarni faqat Arktika kengliklarida, Shimoliy qutb yaqinlarida uchratish mumkin. 27-fevral  kuni  “Xalqaro oq ayiqlar kuni”  dunyo bo‘yicha nishonlanadi.

Bu kunni  nishonlashning asosiy maqsadi qutb ayiqlari haqida ma’lumotlarni tarqatish va ularni qo‘riqlash masalariga jamoatchilik e’tiborini jalb qilishdir, hamda qutb muzliklarining erib borishi natijasida   qutb ayiqlarining ko‘payishi yo‘qolib borishi   sabablarini  hal qilish ishlari ko‘riladi. 

Oq ayiqlar hayotiga xavf soluvchi yana bir sabab, neft qazib chiqarish oqibatida atrof - muhitning ifloslanishidir. Oxirgi yillarning ma’lumotiga ko‘ra,  qutb ayiqlari  taxminan 5 million yil avval paydo bo‘lgan. Uning ajdodi qo‘ng‘ir ayiq hisoblanadi. Yerda yashovchi qo‘ng‘ir ayiqqa qaraganda, qutb ayig‘i Shimolda, muzliklar orasidagi hayotga  juda yaxshi moslashib olgan. 

Hozirgi kunda dunyoda olimlarning taxminiy  hisobiga ko‘ra,  oq ayiqlar soni  20-25 mingga yaqin. Qutb ayiqlarini o‘rganuvchi dunyoning yetakchi mutaxassislarining ma’lumotlariga ko‘ra, qutb ayiqlarinig 19 turidan –  8 turi kamaygan, 3 turi bir maromda va 1 turi ko‘paygan.Qolgan 7 turi bo‘yicha ma’lumot olish juda qiyin. Global issiqlik natijasida Arktika muzliklarining erishi kelib chiqmoqda, buning oqibatida  2050-yillarga kelib, oq ayiqlarning  uchdan ikki qismi yo‘qolib ketishi mumkin. 

Birinchi navbatda  “Oq ayiqlar kuni”  5 mamlakat uchun muhim ahamiyatga ega, bu yerlarda oq ayiqlar ko‘payadilar - Rossiya, Norvegiya, Kanada, Grenlandiya va AQSh(Alyaska). 2008 yil may oyida  AQSh qutb ayiqlarini yo‘qolib ketish xavfi ostida statusi  bilan “Qizil kitob”ga kiritgan.Kanada va Rossiya oq ayiqlarga  “zaif tur” degan  statusini  belgilab berishgan. Qiziqarlisi shundaki, qutb ayiqlari atrof - muhit temperaturasi  minus 45 gradus va undan pastroqda o‘zlarini juda yaxshi his qiladilar.Oq ayiqlarda issiqlik ikki qavat mo‘yna va qalin teri ostidagi yog‘ qatlami hisobiga saqlanib turadi.

Oq ayiqlar organizmining qizib ketishidan ko‘proq aziyat chekadilar, ayniqsa ov qilish vaqtida o‘lja ketidan yugurganlarida. 

Qutb ayiqlarining og‘irligi odatda 350-550 kilogrammgacha bo‘ladi, lekin og‘irligi 550 kilogrammdan ko‘proq bo‘lgan individuumlar ham uchraydi. Bu jonivorlarni o‘rganish jarayonida eng yirik erkak jinsli qutb ayig‘ining og‘irligi bir tonna bo‘lgan.

Urg‘ochi ayiqlar og‘irligi o‘rtacha 150 dan 300 kilogrammgacha bo‘ladi.Odatda urg‘ochi qutb ayiqlarida ikkitadan bola tug‘iladi, ba’zan ona ayiqning yashash sharoitiga qarab 3ta ayiq bolalari dunyoga kelishi mumkin yoki teskarisi faqat bitta ayiq bolasi tug‘iladi. Ayiq bolalari 2,5 yoshgacha onasi bilan bo‘ladilar, ular ov qilishga o‘rganadilar va qattiq Arktika muhitida yashash uchun moslashadilar.

Sunday, January 27, 2019

Yil sarhisobi: Andijonda jinoyatchilikni oldini olish borasida qanday loyihalar amalga oshirildi?


Yoshlar oʻrtasida jinoyatchilik, huquqbuzarlik holatlarini oldini olish, ularning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, ularda faol fuqarolik pozitsiyasini va mustaqil qaror qabul qilish koʻnikmalarini rivojlantirish maqsadida Ittifoqning hududiy Kengashlarida 2018-yilda qanday ishlar amalga oshirildi?

O'tkan yilda Andijon viloyat Kengashi qoshida 23 ta “Jasorat” klublari tuzilib, 695 nafar yoshlar aʼzolikka qabul qilindi. Ular tomonidan jami 995 marotaba reydlar oʻtkazildi.

Shuningdek, yoshlarning huquqlari himoya qilish, ularning muammolarini hal etish maqsadida jami 22 mingdan ortiq ortiq yoshlar ishtirokida 111 marta “Hokim va yoshlar”, 12 ming nafardan ortiq yoshlar ishtirokida 185 marta “Prokuror va yoshlar”, “Sud va yoshlar”, “Deputat va yoshlar” mavzularida ochiq muloqotlar oʻtkazilib, yoshlarning 2 mingdan ortiq muammolari ijobiy hal etildi.

Jinoyatchilikning oldini olish, odam savdosi va noqonuniy mehnat migratsiyasiga qarshi kurashish maqsadida turli mavzularda jami 650 dan ortiq targʻibot tadbirlari oʻtkazilib, ularda 98 minga yaqin yoshlar qamrab olindi.

Taʼlim muassasalarida muntazam dars qoldirayotgan yoshlarni dars mashgʻulotlariga qaytarish maqsadida 1200 dan ortiq “Davomat”, “Oʻquvchi” va turli profilaktik reyd tadbirlari, yoshlar oʻrtasida oʻz joniga qasd va suiqasd qilishlarini oldini olish maqsadida 900 dan ortiq targʻibot tadbirlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan 2018 yilda davomida avf etilgan 44 nafar yoshlar hamda Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining “Yoshlar kafilligi” asosida sud zalidan ozod qiligan 9 nafar yoshlar bilan yakka tartibda individual tarzda suhbatlar amalga oshirildi. Malakali psixolog va mutaxassislar hamda yoshlar ishtirokida “Psixologik qabullar” tashkil qilinib, 1200 dan ortiq yoshlarga psixologik yordamlar koʻrsatildi.

Yozgi dam olish mavsumi davomida viloyatdagi tuman va shaharlarda joylashgan dam olish oromgohlariga 257 nafar voyaga yetmagan yoshlar jalb etilib, oʻtkazilgan profilaktik tadbirlar davomida 120 nafar voyaga yetmaganlar ichki ishlar organlari profilaktik hisobdan chiqarilishiga erishildi.

O'tkazilgan bu tadbirlar orqali yoshlarning ma'naviy-ma'rifiy, siyosiy-huquqiy hamda ijtimoiy sohada bandligi ta'minlandi.

Avazbek ARABBOYEV

Yil sarhisobi: "Yoshlar kafilligi" loyihasi 9 nafar andijonlik yoshga imkon berdi



Hududlarda adashib jinoyat yoʻliga kirgan yoshlar, sodir etgan jinoiy qilmishidan chin koʻngildan pushaymon boʻlib, jamiyatga foydasi tegadigan shaxs bo'lish istagini bildiradi.

2017 yil 5 dekabrdagi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi oʻrtasida “Yoshlar masalalari oʻrtasida oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisida”gi memorandum adashgan yoshlarga yana bir bora imkon bermoqda.

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Andijon viloyat Kengashi va Andijon viloyatidagi sud organlari oʻrtasida 2017 yil 23 dekabrda yoshlar masalalari sohasida oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisida memorandum imzolandi va unga koʻra yoshlar tomonidan sodir etiladigan huquqbuzarlik va jinoyat ishlari boʻyicha sud tomonidan jazo tayinlashda joriy etilgan Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining kafolatiga asosan ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazo turini tayinlash mexanizmiga asosan amaliy ishlar amalga oshirildi.

Ittifoqning Andijon viloyat Kengashiga murojaat etgan 32 nafar yoshlardan 9 nafari Ittifoqining “Yoshlar kafilligi” asosida sud zalidan ozod qilinib, sudlar tomonidan ularga ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazo turi tayinlandi.

Ozod etilgan 9 nafar yoshlarni qayta jinoyat sodir etishining oldini olish, ularni sogʻlom muhitga qaytarish, oʻqish yoki kasb-hunarga yoʻnaltirish borasida aniq va maqsadli bir yillik individual dasturlar ishlab chiqildi. Dastur doirasida “Yoshlar kafilligi” asosida sud zalidan ozod qilingan yoshlar bilan Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi doimiy shugʻullanib boradi.

Ayni damda ularning barchasi ta'lim, tadbirkorlik hamda fermerlik yo'nalishlarida o'z ishining egasiga aylangan.

Avazbek ARABBOYEV 
63 nafar yoshning muammosi hal etildi


Andijon shahridagi "Yoshlar markazi" binosida joylashgan "Yoshlar qabulxonasi"da viloyat hokimi yoshlar muammolarini tingladi.

Bank-kredit, ishga joylashish hamda tadbirkorlik sohasini rivojlantirish borasidagi muammolari bilan kelgan 63 nafar yoshlar tegishli mutasaddilarga birktirildi.

-Buloqboshi tumanimiz markazida "Avtoservis" shahobchasi qurmoqchiman, deydi Rahmatillo Iminov. -Bugungi hokim qabulida ushbu taklifim qo'llab-quvvatlanib, tuman markazidan yer ajratildi.

Qabulga kelgan barcha yoshlarning murojaatlari vakillar tomonidan ko'rib chiqilib, huquqiy tushuncha va maslahatlar berildi.


Avazbek ARABBOYEV 

Har bir jinoyatga favqulodda holat deb qarashimiz kerak

Andijon viloyatida mahallalarda bandligi ta'minlanmagan yoshlar hamda ta'lim muassasalardagi oʻquvchilar oʻrtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish, ularni turli diniy hujralar va diniy ekstremistik oqimlarga bilmasdan qoʻshilib qolishlarining oldini olish maqsadida chora-tadbirlar, manzilli ishlar hamda yig'ilishlar tashkil etilmoqda.


Bugun Ittifoqning Buloqboshi tuman Kengashi tomonidan, tuman hokimligi, tuman IIB boʻlimi, mahalla fuqarolar yigʻini huzuridagi yoshlar bilan ishlash bo'yicha mas'ul xodimlari hamda ta'lim muassasalaridagi yoshlar yetakchilari ishtirokida yuqoridagi muammolarni oldini olishga qaratilgan rejalashtirilgan vazifalar yuzasidan yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Yig'ilishda yoshlar nazorati, ularni xatti-harakatiga ota-onalarning mas'ulligi bo'yicha targ'ibot ishlari olib borish hamda o'quvchi-yoshlarning dars va tungi vaqtlarda kompyuter klublarida vaqtlarini foydasiz o'tkazmasliklarini nazorat qilish bo'yicha kerakli topshiriqlar berildi.

- Har bir jinoyatga favqulodda holat deb qarashimiz kerak, deydi O'zbekiston yoshlar ittifoqi Buloqboshi tuman Kengashi raisi Jasurbek Nizomov. -Voyaga yetmagan yoshlarning vaqtlarini mazmunli o'tkazish maqsadida tadbirkorlik klassterlari tashkil etish yuzasidan tegishlicha chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqildi.

Avazbek ARABBOYEV

Saturday, January 26, 2019

Andijonda o'quvchi reydlari: 60 nafar o'quvchi dars vaqtida qayerda?

Yoshlar oʻrtasida huquqbuzarlik va jinoyatchiliklarni oldini olish, taʼlim muassasalarida yoshlarning dars jarayoniga bormasdan bemaqsad yurgan, ayniqsa tungi vaqtlarda internet-kafe va kompyuter klublarida vaqt oʻtkazayotgan voyaga yetmagan o'quvchi-yoshlarni taʼlimga qaytarish maqsadida Andijon viloyatining barcha tuman-shaharlarida "O'quvchi-reydlari" o'tkazilmoqda.

Yoshlar ittifoqining tuman-shahar Kengashlari, Ichki ishlar boshqarmasi, Xalq taʼlimi boshqarmasi hamda Fuqarolarni oʻzini-oʻzi boshqarish organlarining hududlardagi boʻlimlari bilan hamkorligida savdo-bozorlari hamda internet-kafelarida "O'quvchi-reydi" o'tkazildi.

Natijada 60 ga yaqin taʼlim muassasalarida muntazam dars mashgʻulotlariga qatnashmayotgan oʻquvchilar aniqlandi. Ular savdo-bozorlarida, kompyuter o'yingohlarida maqsadsiz band qilingan.



Reyd davomida ularning ota-onalari bilan ham suhbatlar o'tkazilib, o'quvchilar ta'lim muassasalariga qaytarildi


Avazbek ARABBOYEV

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining yoshlarga MUROJAATI

Aziz yoshlar! Muqaddas Oʻzbekistonimizning obroʻ-eʼtibori va uning dunyo hamjamiyatida tutgan oʻrni Bizning olayotgan taʼlimimiz, ijtim...

63 nafar yoshning muammosi hal etildi