Sunday, January 27, 2019

Yil sarhisobi: Andijonda jinoyatchilikni oldini olish borasida qanday loyihalar amalga oshirildi?


Yoshlar oʻrtasida jinoyatchilik, huquqbuzarlik holatlarini oldini olish, ularning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, ularda faol fuqarolik pozitsiyasini va mustaqil qaror qabul qilish koʻnikmalarini rivojlantirish maqsadida Ittifoqning hududiy Kengashlarida 2018-yilda qanday ishlar amalga oshirildi?

O'tkan yilda Andijon viloyat Kengashi qoshida 23 ta “Jasorat” klublari tuzilib, 695 nafar yoshlar aʼzolikka qabul qilindi. Ular tomonidan jami 995 marotaba reydlar oʻtkazildi.

Shuningdek, yoshlarning huquqlari himoya qilish, ularning muammolarini hal etish maqsadida jami 22 mingdan ortiq ortiq yoshlar ishtirokida 111 marta “Hokim va yoshlar”, 12 ming nafardan ortiq yoshlar ishtirokida 185 marta “Prokuror va yoshlar”, “Sud va yoshlar”, “Deputat va yoshlar” mavzularida ochiq muloqotlar oʻtkazilib, yoshlarning 2 mingdan ortiq muammolari ijobiy hal etildi.

Jinoyatchilikning oldini olish, odam savdosi va noqonuniy mehnat migratsiyasiga qarshi kurashish maqsadida turli mavzularda jami 650 dan ortiq targʻibot tadbirlari oʻtkazilib, ularda 98 minga yaqin yoshlar qamrab olindi.

Taʼlim muassasalarida muntazam dars qoldirayotgan yoshlarni dars mashgʻulotlariga qaytarish maqsadida 1200 dan ortiq “Davomat”, “Oʻquvchi” va turli profilaktik reyd tadbirlari, yoshlar oʻrtasida oʻz joniga qasd va suiqasd qilishlarini oldini olish maqsadida 900 dan ortiq targʻibot tadbirlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan 2018 yilda davomida avf etilgan 44 nafar yoshlar hamda Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining “Yoshlar kafilligi” asosida sud zalidan ozod qiligan 9 nafar yoshlar bilan yakka tartibda individual tarzda suhbatlar amalga oshirildi. Malakali psixolog va mutaxassislar hamda yoshlar ishtirokida “Psixologik qabullar” tashkil qilinib, 1200 dan ortiq yoshlarga psixologik yordamlar koʻrsatildi.

Yozgi dam olish mavsumi davomida viloyatdagi tuman va shaharlarda joylashgan dam olish oromgohlariga 257 nafar voyaga yetmagan yoshlar jalb etilib, oʻtkazilgan profilaktik tadbirlar davomida 120 nafar voyaga yetmaganlar ichki ishlar organlari profilaktik hisobdan chiqarilishiga erishildi.

O'tkazilgan bu tadbirlar orqali yoshlarning ma'naviy-ma'rifiy, siyosiy-huquqiy hamda ijtimoiy sohada bandligi ta'minlandi.

Avazbek ARABBOYEV

No comments:

Post a Comment

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining yoshlarga MUROJAATI

Aziz yoshlar! Muqaddas Oʻzbekistonimizning obroʻ-eʼtibori va uning dunyo hamjamiyatida tutgan oʻrni Bizning olayotgan taʼlimimiz, ijtim...

63 nafar yoshning muammosi hal etildi