Sunday, January 27, 2019

Yil sarhisobi: Andijonda jinoyatchilikni oldini olish borasida qanday loyihalar amalga oshirildi?


Yoshlar oʻrtasida jinoyatchilik, huquqbuzarlik holatlarini oldini olish, ularning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, ularda faol fuqarolik pozitsiyasini va mustaqil qaror qabul qilish koʻnikmalarini rivojlantirish maqsadida Ittifoqning hududiy Kengashlarida 2018-yilda qanday ishlar amalga oshirildi?

O'tkan yilda Andijon viloyat Kengashi qoshida 23 ta “Jasorat” klublari tuzilib, 695 nafar yoshlar aʼzolikka qabul qilindi. Ular tomonidan jami 995 marotaba reydlar oʻtkazildi.

Shuningdek, yoshlarning huquqlari himoya qilish, ularning muammolarini hal etish maqsadida jami 22 mingdan ortiq ortiq yoshlar ishtirokida 111 marta “Hokim va yoshlar”, 12 ming nafardan ortiq yoshlar ishtirokida 185 marta “Prokuror va yoshlar”, “Sud va yoshlar”, “Deputat va yoshlar” mavzularida ochiq muloqotlar oʻtkazilib, yoshlarning 2 mingdan ortiq muammolari ijobiy hal etildi.

Jinoyatchilikning oldini olish, odam savdosi va noqonuniy mehnat migratsiyasiga qarshi kurashish maqsadida turli mavzularda jami 650 dan ortiq targʻibot tadbirlari oʻtkazilib, ularda 98 minga yaqin yoshlar qamrab olindi.

Taʼlim muassasalarida muntazam dars qoldirayotgan yoshlarni dars mashgʻulotlariga qaytarish maqsadida 1200 dan ortiq “Davomat”, “Oʻquvchi” va turli profilaktik reyd tadbirlari, yoshlar oʻrtasida oʻz joniga qasd va suiqasd qilishlarini oldini olish maqsadida 900 dan ortiq targʻibot tadbirlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan 2018 yilda davomida avf etilgan 44 nafar yoshlar hamda Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining “Yoshlar kafilligi” asosida sud zalidan ozod qiligan 9 nafar yoshlar bilan yakka tartibda individual tarzda suhbatlar amalga oshirildi. Malakali psixolog va mutaxassislar hamda yoshlar ishtirokida “Psixologik qabullar” tashkil qilinib, 1200 dan ortiq yoshlarga psixologik yordamlar koʻrsatildi.

Yozgi dam olish mavsumi davomida viloyatdagi tuman va shaharlarda joylashgan dam olish oromgohlariga 257 nafar voyaga yetmagan yoshlar jalb etilib, oʻtkazilgan profilaktik tadbirlar davomida 120 nafar voyaga yetmaganlar ichki ishlar organlari profilaktik hisobdan chiqarilishiga erishildi.

O'tkazilgan bu tadbirlar orqali yoshlarning ma'naviy-ma'rifiy, siyosiy-huquqiy hamda ijtimoiy sohada bandligi ta'minlandi.

Avazbek ARABBOYEV

Yil sarhisobi: "Yoshlar kafilligi" loyihasi 9 nafar andijonlik yoshga imkon berdi



Hududlarda adashib jinoyat yoʻliga kirgan yoshlar, sodir etgan jinoiy qilmishidan chin koʻngildan pushaymon boʻlib, jamiyatga foydasi tegadigan shaxs bo'lish istagini bildiradi.

2017 yil 5 dekabrdagi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi oʻrtasida “Yoshlar masalalari oʻrtasida oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisida”gi memorandum adashgan yoshlarga yana bir bora imkon bermoqda.

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Andijon viloyat Kengashi va Andijon viloyatidagi sud organlari oʻrtasida 2017 yil 23 dekabrda yoshlar masalalari sohasida oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisida memorandum imzolandi va unga koʻra yoshlar tomonidan sodir etiladigan huquqbuzarlik va jinoyat ishlari boʻyicha sud tomonidan jazo tayinlashda joriy etilgan Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining kafolatiga asosan ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazo turini tayinlash mexanizmiga asosan amaliy ishlar amalga oshirildi.

Ittifoqning Andijon viloyat Kengashiga murojaat etgan 32 nafar yoshlardan 9 nafari Ittifoqining “Yoshlar kafilligi” asosida sud zalidan ozod qilinib, sudlar tomonidan ularga ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazo turi tayinlandi.

Ozod etilgan 9 nafar yoshlarni qayta jinoyat sodir etishining oldini olish, ularni sogʻlom muhitga qaytarish, oʻqish yoki kasb-hunarga yoʻnaltirish borasida aniq va maqsadli bir yillik individual dasturlar ishlab chiqildi. Dastur doirasida “Yoshlar kafilligi” asosida sud zalidan ozod qilingan yoshlar bilan Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi doimiy shugʻullanib boradi.

Ayni damda ularning barchasi ta'lim, tadbirkorlik hamda fermerlik yo'nalishlarida o'z ishining egasiga aylangan.

Avazbek ARABBOYEV 
63 nafar yoshning muammosi hal etildi


Andijon shahridagi "Yoshlar markazi" binosida joylashgan "Yoshlar qabulxonasi"da viloyat hokimi yoshlar muammolarini tingladi.

Bank-kredit, ishga joylashish hamda tadbirkorlik sohasini rivojlantirish borasidagi muammolari bilan kelgan 63 nafar yoshlar tegishli mutasaddilarga birktirildi.

-Buloqboshi tumanimiz markazida "Avtoservis" shahobchasi qurmoqchiman, deydi Rahmatillo Iminov. -Bugungi hokim qabulida ushbu taklifim qo'llab-quvvatlanib, tuman markazidan yer ajratildi.

Qabulga kelgan barcha yoshlarning murojaatlari vakillar tomonidan ko'rib chiqilib, huquqiy tushuncha va maslahatlar berildi.


Avazbek ARABBOYEV 

Har bir jinoyatga favqulodda holat deb qarashimiz kerak

Andijon viloyatida mahallalarda bandligi ta'minlanmagan yoshlar hamda ta'lim muassasalardagi oʻquvchilar oʻrtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish, ularni turli diniy hujralar va diniy ekstremistik oqimlarga bilmasdan qoʻshilib qolishlarining oldini olish maqsadida chora-tadbirlar, manzilli ishlar hamda yig'ilishlar tashkil etilmoqda.


Bugun Ittifoqning Buloqboshi tuman Kengashi tomonidan, tuman hokimligi, tuman IIB boʻlimi, mahalla fuqarolar yigʻini huzuridagi yoshlar bilan ishlash bo'yicha mas'ul xodimlari hamda ta'lim muassasalaridagi yoshlar yetakchilari ishtirokida yuqoridagi muammolarni oldini olishga qaratilgan rejalashtirilgan vazifalar yuzasidan yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Yig'ilishda yoshlar nazorati, ularni xatti-harakatiga ota-onalarning mas'ulligi bo'yicha targ'ibot ishlari olib borish hamda o'quvchi-yoshlarning dars va tungi vaqtlarda kompyuter klublarida vaqtlarini foydasiz o'tkazmasliklarini nazorat qilish bo'yicha kerakli topshiriqlar berildi.

- Har bir jinoyatga favqulodda holat deb qarashimiz kerak, deydi O'zbekiston yoshlar ittifoqi Buloqboshi tuman Kengashi raisi Jasurbek Nizomov. -Voyaga yetmagan yoshlarning vaqtlarini mazmunli o'tkazish maqsadida tadbirkorlik klassterlari tashkil etish yuzasidan tegishlicha chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqildi.

Avazbek ARABBOYEV

Saturday, January 26, 2019

Andijonda o'quvchi reydlari: 60 nafar o'quvchi dars vaqtida qayerda?

Yoshlar oʻrtasida huquqbuzarlik va jinoyatchiliklarni oldini olish, taʼlim muassasalarida yoshlarning dars jarayoniga bormasdan bemaqsad yurgan, ayniqsa tungi vaqtlarda internet-kafe va kompyuter klublarida vaqt oʻtkazayotgan voyaga yetmagan o'quvchi-yoshlarni taʼlimga qaytarish maqsadida Andijon viloyatining barcha tuman-shaharlarida "O'quvchi-reydlari" o'tkazilmoqda.

Yoshlar ittifoqining tuman-shahar Kengashlari, Ichki ishlar boshqarmasi, Xalq taʼlimi boshqarmasi hamda Fuqarolarni oʻzini-oʻzi boshqarish organlarining hududlardagi boʻlimlari bilan hamkorligida savdo-bozorlari hamda internet-kafelarida "O'quvchi-reydi" o'tkazildi.

Natijada 60 ga yaqin taʼlim muassasalarida muntazam dars mashgʻulotlariga qatnashmayotgan oʻquvchilar aniqlandi. Ular savdo-bozorlarida, kompyuter o'yingohlarida maqsadsiz band qilingan.



Reyd davomida ularning ota-onalari bilan ham suhbatlar o'tkazilib, o'quvchilar ta'lim muassasalariga qaytarildi


Avazbek ARABBOYEV

  • Andijonda umumxalq ekologiya hashari oʻtkazildi




Bugun Andijon viloyatining barcha shahar va tumanlarida umumxalq ekologiya hashari oʻtkazildi. Unda 1000 dan ortiq koʻngilli yoshlar ishtirok etdi.

Ittifoqning shahar va tuman Kengashi xodimlari, sardorlar va yetakchilar Kengashi aʼzolari toʻgarak rahbarlari ishtirokida mahallalar, aholi punktlari, koʻp qavatli uylar, binolar, guzarlar, hiyobonlar, ziyoratgohlar, muqaddas qadamjolar, qabristonlar, ariqlar, koʻchalar va bolalar maydonchalari obodonlashtirildi.


- Umumxalq ekologiya hashari davomida yoshlarimiz qalbida insonparvarlik, mehr-oqibat, saxovatpeshalik tuygʻularini shakllantirish maqsadida keksa va nogironlar, yolgʻiz qariyalar, boquvchisini yoʻqotgan, kam taʼminlangan oilalarning xonadonlarini koʻkalamzorlashtirishda amaliy yordamlar koʻrsatildi, deydi viloyat Kengashi raisi Oybek Yuldashev.

Oʻtkazilgan ekologik hashar davomida viloyatdagi korxona-tashkilotlar, taʼlim muassasalari hamda diqqatga sazovor joylarning chiroyiga yanada chiroy qoʻshildi.

Avazbek ARABBOYEV 

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining yoshlarga MUROJAATI

Aziz yoshlar! Muqaddas Oʻzbekistonimizning obroʻ-eʼtibori va uning dunyo hamjamiyatida tutgan oʻrni Bizning olayotgan taʼlimimiz, ijtim...

63 nafar yoshning muammosi hal etildi